Qayta tiklanadigan energiya manbalarining vaqti keldi. Kun sayin koʼproq odamlar oʼz uylarini ekologik va tejamkor elektr energiyasi va issiqlik bilan taʼminlash haqida oʼylay boshlashmoqda. Shunday yechimlardan biri – bu Royal brendi ostida ishlab chiqariladigan AKFA BUILD quyosh suv isitgichlaridir.
Royal brendi ostidagi quyosh suv isitgichlari issiq suv taʼminoti va isitish tizimlarida suvni isitish uchun quyosh energiyasidan samarali foydalanish imkonini beradi. Аnʼanaviy elektr energiyasi yoki gazda ishlovchi suv isitgichlardan farqli ravishda, quyosh kollektorlari yoqilgʼi uchun xarajat talab qilmaydi va oʼzidan zararli moddalarni chiqarmaydi.
Bu jarayon aslida qanday ishlaydi? Quyosh kollektori yopiq konturda aylanuvchi issiqlik tashuvchi moddani qizdiradi. Qizigan issiqlik tashuvchi modda issiqlik almashuvchiga kelib tushadi va u yerda suvdagi issiqlik issiq suv taʼminoti va isitish tizimiga yetkaziladi. Sovuq fasllarda quyosh kollektorini boshqa issiqlik manbalari bilan kombinatsiyalash mumkin.
Royal quyosh suv isitgichlarining afzalliklari:
- Gaz yoki elektr energiyasi toʼlovida 60%gacha tejab qolish;
- Ekologik tozalik – zararli chiqindilarning yoʼqligi;
- Oʼrnatish va xizmat koʼrsatishning oddiyligi;
- Uzoq xizmat davri;
- Yil davomida yuqori samaradorlik.
AKFA BUILD issiq suv taʼminoti va isitish tizimlari uchun quyol kollektorlarining keng tanlovini taklif qiladi.
Royal quyosh suv isitgichlari – bu shaxsiy uylar, kottejlar, sanoat obyektlari uchun ekologik yechimdir. Quyosh suv isitgichlariga oʼtish – bu toza atrof-muhitga hamda energetik mustaqilligingizga oʼtish demakdir.
AKFA BUILD – binolarni qurishda zamonaviy yechim.
Telefon: +998 (95) 323-33-33, +998 (95) 325-55-55
Sayt: akfa-build.uz
Telegram: @akfa_build_uz
Reklama huquqi asosida
Alpha version: 0.9.1.19 build 20319 | Инструменты