Huawei 1
Rossiya korxonasi O'zbekistonda o'pkani sun'iy shamollatish moslamalarini ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirishi mumkin

O'zbekistoni Bosh konsulxonasi xodimlari Rossiyaning "Treaton" korxonasining tashqi iqtisodiy aloqalar bo'yicha direktori Anton Yuzerovich bilan uchrashuv o'tkazdilar. 

Kompaniya vakili bilan suhbat chog'ida investitsiyaviy sohada ikki tomonlama hamkorlikni yo'lga qo'yish masalalari muhokama qilindi. Suhbatdoshga O'zbekistonning investitsiyaviy jozibadorligi, shuningdek, respublikada sog'liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma'lumot berildi.

Anton Yuzerovich O'zbekiston bilan o'pkani sun'iy shamollatish moslamalarini ishlab chiqarish bo'yicha hamkorlikni yo'lga qo'yishga tayyorligini bildirdi.

"Agar O'zbekiston tomoni manfaatdor bo'lsa, kompaniya ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich mahalliylashtirish orqali mazkur tibbiy asbob-uskunalarni respublika hududida yig'ishni tashkil etishi mumkin", - dedi u.

 Muloqot yakunida ushbu loyihani hayotga tatbiq masalalarini batafsil muhokama qilish maqsadida "Treaton" korxonasi vakillarining O'zbekistonga safarini uyushtirish to'g'risida kelishib olindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 123019 | Инструменты