Huawei 1
Rossiya temir yo‘llari O‘zbekistonda vakolatxonasini ochishni rejalashtirmoqda

Rossiya delegatsiyasi O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va transport vaziri Ilhom Maxkamov bilan ham uchrashdi. Infratuzilma tashabbuslarini amalga oshirish, logistika xizmatlarini kengaytirish, raqamlashtirish masalalari muhokama qilindi.

24-sentabrdan Toshkent-Moskva poyezdlari qatnovi qayta tiklanadi, dekabrdan esa haftasiga ikki marta qatnaydi. Bundan tashqari, turistik poyezdlar uchun yo‘nalish variantlari ham ko‘rib chiqilmoqda.

Muntazam “Agroekspress” muzlatgichli konteyner poyezdlarini yo‘lga qo‘yish ustida ish olib borilmoqda, ularning birinchisi Toshkentga 2021-yilning noyabr oyida yetib kelgan. Yaqin vaqt ichida O‘zbekistonda “Rossiya temir yo‘llari"ning vakolatxonasi ochilishi kerak.

Tashrif yakunlari bo‘yicha Bosh vazir o‘rinbosari Savelyev “transport sohasida hamkorlikni yanada mustahkamlashdan” ikki tomonlama manfaatdorligini qayd etdi.

Markaziy Osiyoning eksport-import va tranzit imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92000 | Инструменты