Huawei 1
AQSHdagi kimyoviy zavodda sodir bo'lgan yong'inni 4 kundan beri o'chira olishmayapti

Globallashuv va to'rtinchi sanoat inqilobi davrida butun dunyoda texnogen holatlar yuzaga kelmoqda. Xususan, AQShning Texas shtatidagi La Port shahrida gaz quvuri portlashi oqibatida yong'in sodir bo‘ldi. 

O't o'chiruvchilar dushanba kunidan beri quvurdagi yong'inni o'chira olmayapti va mahalliy rasmiylar payshanba oqshomiga qadar buni o'chira olmaydi, deb taxmin qilmoqda. Quvur operatori Energy Transfer va mahalliy kommunal xizmatlarning ekipajlari hududni izolyatsiya qilish ustida ishlamoqda.

Yong‘in yo‘ltanlamas avtomobil gaz taqsimlash punktiga kelib urilishi natijasida kelib chiqqan. Haydovchi voqea joyida halok bo'lgan, ammo uni qutqarishning iloji bo'lmagan. 

Yaqin atrofdagi uylarning 1000 dan ortiq aholisi evakuatsiya qilindi. Quvur orqali elektr tarmog‘ining o‘tishi tufayli yuzlab iste’molchilar elektr energiyasiz qoldi.

Ma'lum qilinishicha, ko‘plab neftni qayta ishlash zavodlari, shuningdek, minglab kilometr uzunlikdagi quvurlar joylashgan Xyustonda portlashlar va yong‘inlar odatiy holdir.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92002 | Инструменты