Sun’iy intellekt davrida iqtisodiy rivojlanish uchun intellektual AKT infratuzilmasi Huawei IP & Ocean & OptiX klublarining yig‘ilishini o‘tkazdi

2025-yil 21-noyabr kuni Huawei kompaniyasi «IP & Ocean & OptiX Club» uch klubi yig‘ilishini o‘tkazdi. Ushbu tadbir davlat va korporativ sektor vakillari, hamkorlar hamda AKT sohasining yetakchi mutaxassislarini birlashtirib, korporativ tarmoqlarni yaratish, ma’lumotlarni saqlash tizimlari, korporativ hamkorlikni ta’minlash va kampuslarni raqamlashtirish, shuningdek, sun’iy intellekt davrida infratuzilma uchun nihoyatda zarur bo‘lgan optik yechimlar kabi ilg‘or texnologiyalarni muhokama qilishga qaratildi. Tadbir davomida «100-person ICT Excellence Program» ta’lim tashabbusi doirasida o‘zini namoyon etgan AKT sohasining eng iqtidorli mutaxassislari taqdirlandi.

«Huawei klubining hamkorlar va mijozlar bilan uchrashuvlarini o‘tkazish yaxshi an’anaga aylangan. Bu yerda biz turli innovatsion yechimlar va yangi texnologiyalarni muhokama qila olamiz. Bugungi tadbirning mavzusi kampus tarmoqlari va ularning xavfsizligi, ma’lumotlarni saqlash tizimlari hamda sun’iy intellekt asosidagi yechimlarga bag‘ishlangan. O‘zbekistonda sun’iy intellektni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilayotganini inobatga olgan holda, bu yechimlar ta’lim, sog‘liqni saqlash, transport va bank sektori, tadbirkorlikni rivojlantirish va boshqa ko‘plab sohalar uchun ayniqsa foydali bo‘ladi», — dedi Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi AKT yechimlar arxitektori Reshat Boltayev.

Tadbir Toshkentdagi Huawei ofisida klub ishtirokchilarini, shuningdek, Markaziy Osiyoning qo‘shni mamlakatlaridan onlayn qatnashgan mehmonlarni “Innovations never stop” (“Innovatsiyalar hech qachon to‘xtamaydi”) umumiy mavzusi ostida birlashtirdi. Huawei kompaniyasining ekspertlari va spikerlari sun’iy intellekt rivojlanish davrida iqtisodiyotning turli sohalarida yuqori sifatli infratuzilma asosini yaratish uchun Huawei yechimlarining texnik xususiyatlari va qo‘llanish ssenariylariga alohida e’tibor qaratdilar. Shuningdek, Huawei kompaniyasining korporativ ma’lumot uzatish tarmoqlari segmentida Gartner® Magic Quadrant™ 2025 reytingida ketma-ket uch yil davomida yetakchilik qilgani, korporativ darajadagi ma’lumot saqlash platformalari bo‘yicha yetakchi ekani, hamda IDC MarketScape Worldwide (US52995625, 2025-yil sentabr) tadqiqotida yuqori baholangan Huawei videokonferensiya tizimlarining afzalliklari ham ta’kidlab o‘tildi.

Marketing va AKT yechimlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Tsun Szyan (Cong Jian) yig‘ilishni ochib, kompaniya yutuqlari va ularning e’tirof etilishi doimiy ilmiy-tadqiqot faoliyatiga kiritilayotgan investitsiyalarsiz, shuningdek, mijozlar va hamkorlarning o‘zaro qo‘llab-quvvatlashisiz imkonsiz bo‘lishini ta’kidladi. «Biz hamkorlarimiz va mijozlarimiz bilan hamkorlikni davom ettirib, Raqamli O‘zbekiston rivoji uchun ilg‘or yechimlar va mahsulotlarni taqdim etishda davom etamiz. Innovatsiyalar orqali turli soha va tarmoqlarning intellektual transformatsiyasini tezlashtiramiz», — dedi Tsun Szyan.

Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mintaqasidagi Huawei ekspertlari ilg‘or mahsulot va yechimlar bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazib, mintaqadagi muvaffaqiyatli loyihalar misollarini taqdim etdilar.

«Xavfsiz va intellektual kampuslarni yaratish» mavzusi bilan tarmoq yechimlari bo‘yicha ekspert Ilya Djerya chiqish qildi. U sun’iy intellekt asosidagi Xinghe ma’lumot uzatish tarmog‘i haqida gapirib, u korxonalar va tashkilotlarda ekspluatatsiya jarayonlari, texnik xizmat sifati va unumdorlikni oshirishga qaratilganini ta’kidladi. Taqdimot davomida “qurilma–tarmoq–bulut” (device-network-cloud) sinergiyasi asosida integratsiyalashgan xavfsizlik tizimlarini yaratish uchun keng qamrovli xavfsizlik arxitekturasini joriy etish misollari keltirildi. Intellektual tarmoq 30 soniya ichida ruxsatsiz ulanishni aniqlay oladi va tarmoqdagi noodatiy trafik xususiyatlariga asoslanib uni bir necha soniyada bloklaydi. IoT va sun’iy intellektning uyg‘unlashuvi asosiy vositalarni samarali inventarizatsiya qilishga, ularning joylashuvi va holatini real vaqt rejimida vizualizatsiya qilishga imkon beradi.

Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mintaqasidagi Huawei kompaniyasining ma’lumot saqlash tizimlari bo‘yicha eksperti Alfred Vu (Wu Tengjiao) esa yangi avlod «All-flash OceanDorado» tizimlari yordamida ma’lumot saqlash samaradorligini oshirish mavzusida ma’ruza qildi. U yechimning yangilangan arxitekturasi va ishonchliligini, shuningdek, DataMaster intellektual raqamli egizagini ishga tushirish imkonini beruvchi sun’iy intellekt agentidan foydalanilishini ta’kidladi. Tarmoqqa qarshi zararli dasturlardan himoya qiluvchi ushbu AI-agent xavfsizlik monitoringi jarayonini to‘liq boshqaradi: xavflarni aniqlash, himoya siyosatlarini sozlash, real vaqt rejimida aniqlash va javob berish, tiklash siyosatlarini optimallashtirish kabi jarayonlarni avtomatlashtiradi. Ushbu ilg‘or imkoniyatlar tufayli zararli dasturlardan himoya 1 daqiqada ishga tushiriladi, hujumlar nol kechikish bilan bloklanadi va ma’lumotlar bir necha daqiqada tiklanadi.

Huawei kompaniyasining Yaqin Sharq va Markaziy Osiyodagi intellektual interaktiv yechimlar bo‘yicha eksperti Bharat Bhushan Gupta Ideahub qurilmalari asosidagi to‘rtta yechim paketini taqdim etdi. Bu yechimlar professional audio va video, apparat-dasturiy integratsiya, sun’iy intellekt va bulut xizmatlarini o‘zida jamlagan bo‘lib, samarali hamkorlik muhiti yaratadi. Keng ofis bulut ekotizimi, tarmoqlararo ilovalar va modulli o‘rnatiladigan kompyuter qo‘llab-quvvatlovi bilan birgalikda bu yechim raqamli ish maydonlari uchun oson integratsiyani ta’minlaydi va professional konferensiya tizimlari bilan chuqur moslashadi. Ayniqsa, Ideahub ta’lim sohasini raqamlashtirish uchun juda mos bo‘lib, o‘quv jarayonini yanada interaktiv va aqlli qiladi.

OptiX Club optik tarmoqlar bo‘yicha sessiyasi O‘zbekistonda hamkorlar va mijozlar uchun birinchi marta o‘tkazildi. Sessiya ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari, ofis binolari uchun optik tolali tarmoqlar va xavfsizlik tizimlari uchun optik yechimlarga qaratildi. Sessiyada Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi optik tarmoqlar bo‘yicha eksperti Parviz Boymanov chiqish qildi. Ekspertning ta’kidlashicha, sun’iy intellektning keng qo‘llanilishi va chuqur kirib borishi natijasida ma’lumotlar hajmi ortib borayotgan bir paytda optik texnologiyalar raqamli iqtisodiyot rivoji va sanoatlarning transformatsiyasi jarayonida sun’iy intellektning to‘liq salohiyatini ochib berishga yordam beradi.

Marketing va AKT yechimlari bo‘limi eksperti Van Sze (Wang Zhe) hamkorlar uchun ta’lim dasturi natijalarini taqdim etdi: «2025-yil iyul oyida bo‘lib o‘tgan Huawei IP & Ocean Club 2025 tadbirida Huawei kompaniyasi hamkorlar ekotizimidagi 100 nafar iqtidorli mutaxassisni tayyorlashga qaratilgan «100-person ICT Excellence Program» dasturini e’lon qildi. Ushbu dastur O‘zbekistondagi yuz nafar malakali mutaxassisning bilim va ko‘nikmalarini oshirishni maqsad qiladi. Kompetensiya darajasi, mahsulot va yechimlar bo‘yicha bilimlari, shuningdek mijozlar uchun texnologik yechimlar dizayni asosida 30 dan ortiq hamkorlar «Golden Seed» sertifikatiga ega bo‘ldi». Shuningdek, AKT sohasidagi mutaxassislarni o‘qitish jarayonidagi hamkorlar va Huawei yosh xodimlarining hissasi alohida e’tirof etildi va 2026-yilda navbatdagi «Golden Seed» guruhini tayyorlash uchun 5 nafar ma’ruzachi tayinlandi. Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo davlatlaridagi hamkorlar orasidan birinchi ma’ruzachilardan biri sifatida «MAX VOLUME GENERAL TRADING LLC» kompaniyasining IT direktori Arsen Kurtseitov tayinland.

Huawei kompaniyasi O‘zbekistonda 26 yildan beri faoliyat yuritib, mahalliy hamkorlar ekotizimini rivojlantirish va AKT sanoatida, shu jumladan raqamli texnologiyalarga qiziqqan yoshlar orasida professional ko‘nikmalarni oshirishga alohida e’tibor qaratib kelmoqda. Mamlakatda mahalliy oliy ta’lim muassasalari talabalariga mo‘ljallangan bir qator ta’lim tashabbuslari ishga tushirilgan, jumladan Huawei ICT AcademyAKT akademiyasi doirasida talabalar sun’iy intellekt bo‘yicha uchta modulga ega kurslarga kirish imkoniga ega: «Overview of AI», «Search and AI» va sertifikatlash kursi «HCIA-AI 4.0». Ushbu kurslar «Besh million sun’iy intellekt yetakchilari» platformasida ham mavjud.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112611 | Инструменты