Suriya bilan biznes aloqalari kengayib bormoqda. Toshkentda o‘tayotgan O‘zbekiston–Suriya biznes forumida Suriyadan 30 dan ortiq ishbilarmon doirasi vakillari ishtirok etyapti. Uchrashuvlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri formatda o‘tkazilmoqda.
Suriya iqtisodiy tizimida muhim o‘rin tutadigan Damashq yirik savdo-sanoat va moliya markazi hisoblanadi. Shahar xalqaro transport yo‘llari tuguni bo‘lib, Yevropa, Osiyo va Afrika bilan havo aloqalariga ega. Bu yerda to‘qimachilik, farmatsevtika, qurilish materiallari, mashinasozlik va metallsozlik sohalari rivojlangan.
Forum doirasida sanoat, qishloq xo‘jaligi va logistika yo‘nalishlarida hamkorlik masalalari muhokama qilinmoqda. Bu uchrashuvlar ikki davlat tadbirkorlari o‘rtasida yangi biznes imkoniyatlarini ochishga xizmat qiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21219 | Инструменты