Huawei 1
"Tashabbusli budjet"ning 2024-yil birinchi mavsumi g‘oliblari e’lon qilindi

O‘zbekistonda «Tashabbusli budjet» loyihasining 2024-yil birinchi mavsumi g‘oliblari rasman e’lon qilindi.

Loyihada g‘oliblar ro‘yxatini sayt orqali tekshirib imkoniyati mavjud. Bundan tashqari, g‘oliblarga SMS xabar ham yuboriladi.

16-martdan «Tashabbusli budjet»ning 2024 yil birinchi mavsumidagi loyihalarga ovoz berish boshlangandi.

Bu mavsumda respublika jami 35 575 ta taklif kelib tushgan, ulardan 2270 tasi g‘olib deb topilgan.

Joriy mavsumda ilgari surilgan loyihalarni amalga oshirish uchun davlat budjetidan 3,39 trillion so‘m ajratilishi belgilangan. Bunda har bir loyiha uchun eng yuqori qiymat 1 milliard 360 million so‘mni tashkil etadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga