Huawei 1
“Tashabbusli budjet”ning 2025-yilgi 2-mavsumida 826 ta mahallaga tanaffus beriladi

“Tashabbusli budjet” jarayonlarining 2025-yilgi 1-mavsumi yakunlariga ko‘ra, 2 011 ta mahalla (jami mahalla soniga nisbatan 21 foiz) g‘olib deb topildi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, ushbu mavsum doirasida 329 ta mahalla ilk marotaba g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. Bundan tashqari 2024-yilgi 2-mavsum doirasida g‘olib bo‘lgan 826 ta mahalla ushbu mavsumda ham takroran g‘olib deb topildi. Shu munosabat bilan ushbu mahallalar uchun joriy yilgi 2-mavsum hamda 2026-yilgi 1-mavsumlarda tanaffus beriladi. 

Mazkur mahallalar (shuningdek, ushbu mahallalarda joylashgan maktab, bog‘cha, tibbiyot muassasalari va boshqa tashkilotlar) navbatdagi ikki mavsum doirasida o‘z loyihalari bilan ishtirok eta olmaydi.

Tanaffus beriladigan mahallalarning to‘liq ro‘yxati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

“Tashabbusli budjet” jarayonining 2025-yilning 1-mavsumi uchun ovoz berish yakunlariga ko‘ra, 3,2 trillion so‘mlik 2 369 ta loyiha g‘olib deb topilgandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 41721 | Инструменты