Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi o‘zining navbatdagi sharhida ko‘chmas mulk bozorida yuz bergan o‘zgarishlarni tahlil qildi. Unga ko‘ra, noyabr oyida O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida ikki oylik pasayishdan faollik o‘sa boshladi. Mutaxassislar hozirgi bozor holatini o‘rtacha barqaror deb hisoblaydi.
Toshkentda noyabr oyida ko‘chmas mulk savdosi 4 foizga oshdi, bu avvalgi oyga nisbatan 800 ta uy-joyga ko‘proq. Oy davomida faollikning eng ko‘p o‘sishi quyidagi viloyatlarda qayd etildi:
Yil davomida uy-joy savdosi 10 foizga kamaydi. Faollikning eng ko‘p pasayishini ko‘rsatgan hududlar Navoiy va Jizzax viloyatlari bo‘lib, mos ravishda 23 foiz va 18 foizga pasaygan. Poytaxtda sotuvlar o‘tgan yilga nisbatan 24 foizga kamaydi.
Toshkentda uy-joy ijarasi bozoridagi vaziyat
Noyabr oyida Toshkent shahrida ijaraning o‘rtacha narxi oktyabr oyidagi 9,5 dollarga nisbatan 2,1 foizga biroz pasaydi va 1 kvadrat metr uchun 9,3 dollarni tashkil etdi. Poytaxtning 11 ta tumanidan 10 tasida ijara narxining pasayishi qayd etildi.
Ijara uchun eng qimmat hududlar Shayxontohur (kvadrat metr 11,6 dollar), Yakkasaroy (10,9 dollar) va Mirobod (11,5 dollar) tumanlari bo‘ldi.
Poytaxtdagi uy-joy ijarasi Uchtepa (8,1 dollar), Sergeli (7,1 dollar) va Bektemir (6,2 dollar) tumanlarida eng maqbul narxlarda qolmoqda. Shu bilan birga, poytaxtda o‘rtacha ijara narxi o‘tgan yilga nisbatan 6,1 foizga kamaydi. Yil boshidan buyon ijaraning o‘rtacha narxi 9,2 foizga kamaydi.
Toshkentda ijara narxi bir oy ichida faqat Bektemir tumanida 3,7 foizga oshdi.
Ikkilamchi ko‘chmas mulk bozori
Noyabr oyida ikkilamchi bozorda uy-joy narxining o‘rtacha o‘sishi bir kvadrat metr uchun 0,7 foizni tashkil etdi, o‘tgan yilning noyabr oyidan buyon ikkilamchi uy-joy narxi deyarli 18,2 foizga oshdi.
Yil davomida Xorazm — 32,9 foiz, Toshkent — 31,0 foiz va Buxoro — 26,9 foiz viloyatlarida ikkilamchi bozorda uy-joy narxining sezilarli o‘sishi qayd etildi.
Toshkent shahrida noyabr oyi davomida ikkilamchi uy-joy narxi 0,4 foizga oshdi. Poytaxtda narxlarning eng yuqori o‘sish surʼatlari Shayxontohur — 1,7 foiz, Yunusobod — 1,6 foiz va Sergeli — 1,5 foiz tumanlarida kuzatildi.
Yil davomida poytaxtda ikkilamchi uy-joylarning o‘rtacha narxi 22,8 foizga oshdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122304 | Инструменты