Huawei 1
Uch oyda respublika korxonalari 166,4 trillion so‘mlik sanoat mahsulotlarini ishlab chiqargan

2024 yilning yanvar-mart oylarida respublika korxonalari tomonidan 166,4 trillion so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi va sanoat ishlab chiqarish indeksi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 106,5 foizni tashkil etdi.

Shuningdek, sanoat ishlab chiqarishining umumiy hajmida ishlab chiqaradigan sanoatning ulushi 79,6 foizni, tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash sanoati 10,1 foizni, elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni kondisiyalash 9,8 foizni, suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish 0,5 foizni tashkil etdi.

Sanoat ishlab chiqarishi o‘sishining asosiy omili bo‘lib qayta ishlash sanoati korxonalarida ishlab chiqarish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 7,1 % ga, suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish sanoatida 5,8 % ga, tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash sanoatida 4,9 % ga hamda elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni kondisiyalash sanoatida fizik hajm indeksi 2,9 % ga  oshganligi kuzatildi.

Shu bilan birga, ishlab chiqaradigan sanoatida rezina va plastmassa buyumlar ishlab chiqarish (2023 yilning yanvar-mart oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 106,0 %), shuningdek, to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish  (2023 yilning yanvar-mart oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 104,3 %) hajmi oshdi.

O‘tgan yilning shu davriga nisbatan kompyuterlar, elektron va optik mahsulotlar ishlab chiqarish (2023 yilning yanvar-mart oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 83,8 %), oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish (2023 yilning yanvar-mart oylariga nisbatan 81,2 %) hajmi pasayishi kuzatildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga