Atom quvvatlari hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalari quvvatlarining jadal kengayishi mazkur oʻn yillikning oxirgi davriga borib elektr energiyasining yarmidan koʻp qismi past uglerodli manbalardan olinishiga olib keladi, deyiladi Xalqaro energetika agentligi (XEA) axborotida.
Qayd etilishicha, oʻtgan yili qayta tiklanuvchi energiya manbalari yordamida qoʻshimcha 560 GVt elektr energiyasi ishlab chiqarilgan, “yashil“ manbalarga kiritilgan sarmoya esa qariyb 2 trillion AQSH dollariga yetgan. Bu neft, tabiiy gaz va koʻmirga nisbatan kiritilgan investitsiyalardan ikki baravar koʻpdir.
Shunga qaramasdan, qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda ulardan olinadigan elektr energiyasi narxi mos ravishda arzonlashmoqda.
XEA 2030-yilga borib qayta tiklanuvchi energiya manbalari quvvati deyarli 2,5 baravar oshib, 10 TVtgacha yetishini prognoz qilmoqda. Bu esa elektr energiyasi isteʼmolini qoplash va ishlab chiqarishda koʻmirdan foydalanmaslik uchun yetarlidir.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122217 | Инструменты