Huawei 1
Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo'l yo‘nalishida yuk tashish hajmi 2040-yilga kelib, 4 baravar oshishi mumkin

Transport xizmatlari eksportidan davlat g‘aznasiga daromad tushumlarining asosiy manbai temiryo‘l va avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlar hamda xalqaro yo‘lovchi aviatashuvlari hisobiga shakllanadi.

2023-yilda O‘zbekistonning davlatlararo yuk tashish hajmi 62 mln tonnani tashkil etdi, bu 2022 yilga nisbatan 16 foizga ko‘p.

Respublikaning eksport-import yuk tashish hajmida eng katta ulush Qozog‘iston (30%), kamroq darajada Rossiya (26%), Xitoy (10%) va Afg‘oniston (4%) hissasiga to‘g‘ri keladi.

O‘zbekistonning xalqaro yuk tashuvida (eksport, import va tranzit) eng katta ulush (76%) temir yo‘l transporti hissasiga to‘g‘ri keladi.

Tadqiqotlar ko‘rsatganidek, Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston yo‘nalishiga qariyb 10 mln tonna yukning bir qismini jalb qilish imkoniyati mavjud, marshrut bo‘ylab yuk tashish barqaror tashkil etilganda esa, yuk tashish hajmi 2040 yilga kelib, 4 baravar oshishi mumkin.

Yaqin kelajakda Markaziy Osiyo davlatlarining xalqaro transport tarmog‘i bilan integratsiyalashuvi bo‘yicha aniq tuzilgan strategiya mintaqa muammolarini hal qilishga yordam berishi, transport-logistika xizmatlari eksportini ko‘paytirishga hamda yuklar oqimini, keyinchalik esa Osiyo-Tinch okeani mintaqasi, Janubiy va Markaziy Osiyo mamlakatlari hududiga yo‘lovchilar oqimini jalb qilishga olib kelishi mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11000 | Инструменты