Huawei 1
Yanvar oyida O‘zbekistonda 426 ta yangi qurilish korxonalari tashkil etildi

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning 1-fevral holatiga ko'ra, O'zbekistonda jami 45 541 ta qurilish korxonalari faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Qayd etilishicha, korxonalar oʻtgan yilning mos davriga (43 989 ta) nisbatan 1 552 taga koʻpaygan. 

Bundan tashqari, 2023-yilning yanvar oyida 426 ta yangi qurilish korxonalari tashkil etildi.

Quyida hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan qurilish korxonalari soni keltirilgan:

Toshkent shahri – 9 166 ta

Toshkent viloyati – 3 999 ta

Fargʻona viloyati – 3 788 ta

Qashqadaryo viloyati – 3 444 ta

Samarqand viloyati – 3 435 ta

Andijon viloyati – 3 318 ta

Buxoro viloyati – 2 999 ta

Surxondaryo viloyati – 2 932 ta

Qoraqalpogʻiston Resp. – 2 455 ta

Namangan viloyati – 2 378 ta

Jizzax viloyati – 2 155 ta

Xorazm viloyati – 2 121 ta

Navoiy viloyati – 1 748 ta

Sirdaryo viloyati – 1 603 ta

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60602 | Инструменты