Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev Tokio shahrida Yaponiyaning “H.I.S. Co. Ltd” sayyohlik kompaniyasi prezidenti Motoyashi Yada bilan uchrashdi.
M. Yada, yapon turizm sektori yapon sayohatchilarining mamlakatimizni ziyorat qilishga bo‘lgan qiziqishining ortishini hisobga olgan holda, O‘zbekistonga sayyohlar oqimini oshirishda manfaatdor ekanligini, bunga O‘zbekiston turizm salohiyatini targ‘ib qilish bo‘yicha olib borilayotgan faol PR-kampaniya yordam berayotganligini ta’kidlab o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zbekistonda sayohat qilish uchun qulay shart-sharoitlarni yaxshilash, mamlakatimizga sayyohlar oqimini ko‘paytirish imkoniyatlari va O‘zbekistonning Yaponiyada targ‘ib qilish bo‘yicha qo‘shma tadbirlar o‘tkazish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 100523 | Инструменты