Huawei 1
Birja savdolari: Ai-80 benzin qimmatlashmoqda

Birja savdolarida Ai-80 benzinning tonnasi 78,1 ming so‘mga qimmatlab, 9 million 726 ming so‘mga chiqqan. Bu haqda UZEX xabar bermoqda.

Bir yil avval Ai-80 benzinning tonnasi o‘rtacha 7 million 228 ming so‘mdan sotilgan. Ya’ni, bir yil davomida mazkur markadagi benzinning narxi 35 foizga qimmatlashgan.

8-oktyabr kuni o‘tkazilgan savdo yakunlari bo‘yicha:

  • dizel yoqilg‘isining tonnasi 12 million 138 ming so‘m, yarim foizga;
  • suyultirilgan gazning tonnasi 8 million 465 ming so‘m, 2,7 foizga arzonlagan.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101605 | Инструменты