O‘tgan hafta davomida, ya’ni 2-8-sentabr kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 1 744,3 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 39,1% ga kamdir. Bunda tuzilgan bitimlarning qariyb 76,1% birja savdolariga, qolgan 23,9% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.
Birja savdolari
Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 1 326,7 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi, shu jumladan:
Un
Birja savdolariga 33 190,0 tonna un qo‘yildi va uning 9 781,0 tonnasi, ya’ni 29,5% qismi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 134 ta xaridor ishtirok etdi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda 1-navli un bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 3 827,4 ming so‘mdan 3 696,2 ming so‘mgacha pasaydi. Unning o‘rtacha kunlik sotuv hajmi 3 260,0 tonnani tashkil qildi.
Paxta yog‘i
Birja savdolari orqali 1 486,0 tonna paxta yog‘i sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 12 ta xaridor ishtirok etdi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta yog‘ining kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 12 700,7 ming so‘mdan 11 549,2 ming so‘mgacha pasaydi.
Omuxta yem
O‘tgan hafta mobaynida birja savdolariga 3 351,0 tonna omuxta yem qo‘yildi va undan 454,0 tonnasi, ya’ni 13,5% sotildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda omuxta yem bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 1 898,8 ming so‘mdan 1 774,7 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 4 ta xaridor ishtirok etdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122116 | Инструменты