Alisher Samadov Hisob palatasi raisi, Timur Butunbayev Huquqiy ekspertiza departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Alisher Baxadirovich Samadov O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi lavozimiga tayinlandi

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti boshlig‘i lavozimidan ozod etildi. Avvalroq, Alisher Samadovning nomzodi Oliy Majlis Senati tomonidan ma’qullangan edi.

Shuningdek, Prezidenti farmoni bilan Timur Nuryigitovich Butunbayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining suv islohotlari bo‘yicha o‘rinbosari – Huquqiy ekspertiza departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. 

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining suv ta’minoti tizimini isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90512 | Инструменты