Huawei 1
Birjada 10,5 trln so'mlik tovarlar sotildi, polietilen, omuxta yem va ammiakli selitra narxi tushdi

22-28-yanvar kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 10 547,8 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 81,2% ga ko‘pdir. 

Bunda tuzilgan bitimlarning qariyb 71,3% birja savdolariga, qolgan 28,7% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 7 519,5 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi, shu jumladan:

Polietilen

O‘tgan haftada birja savdolariga 3 499,0 tonna polietilen qo‘yildi va ulardan barcha hajmi sotildi. Polietilenning o‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 700,0 tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda polietilenning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 16 923,6 ming so‘mdan 16 725,5 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 82 ta xaridor ishtirok etdi.

Omuxta yem

O‘tgan hafta mobaynida birja savdolariga 14 100,0 tonna omuxta yem qo‘yildi va undan 2 291,0 tonnasi, yaʼni 16,2% sotildi. 

Ko‘rib chiqilayotgan davrda omuxta yem bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 1 831,3 ming so‘mdan 1 767,3 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 14 ta xaridor ishtirok etdi.

Ammiakli selitra

Birja savdolari orqali 11 103,0 tonna ammiakli selitra sotildi. Ammiakli selitraning o‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 2 221,0 tonnani tashkil qildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 33 ta xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ammiakli selitra bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 3 031,9 ming so‘mdan 2 961,5 ming so‘mgacha pasaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga