Huawei 2
Birjada 2 304,8 mlrd so‘mlik tovarlar sotildi, suyultirilgan gaz, polietilen va paxta yog‘i narxi pasaydi

O‘tgan hafta davomida, yaʼni 3-9-iyun kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 2 304,8 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 43,4% ga kamdir. Bunda tuzilgan bitimlarning qariyb 73,9% birja savdolariga, qolgan 26,1% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.

Birja savdolari

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 1 703,8 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi, shu jumladan:

Suyultirilgan gaz

O‘tgan hafta davomida birja savdolariga 6 992,0 tonna suyultirilgan gaz qo‘yildi va uning 6 872,0 tonnasi, yaʼni 98,3% sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 274 ta xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda suyultirilgan gaz bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 5 295,3 ming so‘mdan 5 178,4 ming so‘mgacha pasaygan.

Polietilen

O‘tgan haftada birja savdolariga 3 620,0 tonna polietilen qo‘yildi va ulardan barcha hajmi sotildi. Polietilenning o‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 724 tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda polietilenning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 16 029,8 ming so‘mdan 15 686,8 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 75 ta xaridor ishtirok etdi.

Paxta yog‘i

Birja savdolari orqali 576,0 tonna paxta yog‘i sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 8 ta xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta yog‘ining kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 10 830,2 ming so‘mdan 10 235,6 ming so‘mgacha pasaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga