Huawei 1
Birjada 2 474,3 mlrd so‘mlik tovarlar sotildi, paxta yog‘i, sheluxa va ammiakli selitra narxi pasaydi

O‘tgan hafta davomida, yaʼni 30-sentabr – 6-oktabr kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 2 474,3 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 25,2% ga ko‘pdir. Bunda tuzilgan bitimlarning qariyb 86,2% birja savdolariga, qolgan 13,8% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 736,2 mlrd so‘mni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 78,6 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 4 355 ta avtoraqamlar sotildi, sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 19,9 mlrd so‘mni tashkil qildi.

Birja savdolari

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 2 133,8 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi, shu jumladan:

Paxta yog‘i

O‘tgan haftada birja savdolari orqali 1 420,0 tonna paxta yog‘i sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 12 ta xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta yog‘ining kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 13 277,2 ming so‘mdan 10 997,0 ming so‘mgacha pasaydi.

Sheluxa

O‘tgan hafta davomida birja savdolariga 10 657,0 tonna paxta chigiti sheluxasi qo‘yildi va uning 6 519,0 tonnasi, yaʼni 61,2% qismi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 11 ta xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda sheluxa bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 3 190,2 ming so‘mdan 3 118,5 ming so‘mgacha pasaydi. Sheluxaning o‘rtacha kunlik sotuv hajmi 1 630,0 tonnani tashkil qildi.

Ammiakli selitra

Birja savdolari orqali 3 351,0 tonna ammiakli selitra sotildi. Ammiakli selitraning o‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 838,0 tonnani tashkil qildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 21 ta xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ammiakli selitra bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 2 828,9 ming so‘mdan 2 761,1 ming so‘mgacha pasaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122117 | Инструменты