Sport kurashlari bo‘yicha Prezident kubogi o‘tkazib boriladi

“Sport kurashlarini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–22-son, 21.01.2026 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2026 yildan sport kurashlari bo‘yicha quyidagi musobaqalar muntazam o‘tkazib boriladi:

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi;

- Bosh prokuror kubogi;

- “O‘zbekiston botirlari” turniri;

- Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar harbiy xizmatchilari va xodimlari o‘rtasida kubok va chempionatlar.

O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi huzurida Mintaqaviy sport kurashlari akademiyasi (Akademiya) tashkil etiladi.

Sport vazirligi huzuridagi kurash mahorat maktablarida milliy kurash va sport kurashlari bo‘yicha sportchilarni tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi

2026/2027 o‘quv yilidan har bir tuman (shahar)da 1 tadan umumiy o‘rta taʼlim muassasalarida sport kurashlariga ixtisoslashgan sport klublari tashkil etiladi va kurash mahorat maktablariga biriktiriladi.

Sportchilarni zamonaviy ilmiy-metodik yondashuvlar asosida tayyorlash uchun xorijiy trenerlar va mutaxassislar jalb etib boriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12321 | Инструменты