11–17–noyabr kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 3 251,0 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 12,0% ga ko‘pdir. Bunda tuzilgan bitimlarning qariyb 79,1% birja savdolariga, qolgan 20,9% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 653,8 mlrd so‘mni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 104,3 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.
Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 3 847 ta avtoraqamlar sotildi, sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 17,5 mlrd so‘mni tashkil qildi.
Birja savdolari
Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 2 572,0 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi, shu jumladan:
Bug‘doy
O‘tgan hafta davomida birja savdolari orqali 40 097,0 tonna bug‘doy sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 8,0 ming tonnani tashkil qildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda bug‘doyning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 2 401,0 ming so‘mdan 2 333,4 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 54 ta xaridor ishtirok etdi.
Shakar
O‘tgan haftada birja savdolarida 51,0 tonna shakar sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 3 ta xaridor ishtirok etdi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 10,0 tonnani tashkil qildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda shakarning kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 12 320,0 ming so‘mdan 12 300,0 ming so‘mgacha pasaydi.
Shrot
Birja savdolari orqali 5 707,0 tonna shrot sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 14 ta xaridor ishtirok etdi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 1 141,0 tonnani tashkil qildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda shrotning kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 4 683,9 ming so‘mdan 4 076,5 ming so‘mgacha pasaydi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122616 | Инструменты