O‘tgan hafta davomida, yaʼni 2024-yil 30-dekabr – 2025-yil 5-yanvar kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 7 314 ta bitim tuzilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 74,5% ga kamdir. Ularning 53,5% birja savdolariga, qolgan 46,5% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.
Birja savdolari
Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 3 914 ta bitim tuzildi.
Bug‘doy
O‘tgan haftada 6 818,0 tonna bug‘doy birja savdolari orqali sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 27 ta xaridor ishtirok etdi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 3 409,0 tonnani tashkil qildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda barcha markadagi bug‘doyning kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 2 585,3 ming so‘mdan 2 457,5 ming so‘mgacha pasayganini taʼkidlash lozim.
Ammiakli selitra
Birja savdolari orqali 3 447,0 tonna ammiakli selitra sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 1 723,0 tonnani tashkil qildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda ammiakli selitraning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 2 951,3 ming so‘mdan 2 920,9 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 5 ta xaridor ishtirok etdi.
Sheluxa
O‘tgan hafta mobaynida birja savdolariga 2 627,0 tonna sheluxa qo‘yildi va undan 753,0 tonnasi, yaʼni 28,7% sotildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda sheluxa bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 2 847,5 ming so‘mdan 2 347,4 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 13 ta xaridor ishtirok etdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11516 | Инструменты