O‘tgan hafta davomida, yaʼni 10-16-fevral kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 48 972 ta bitim tuzilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 31,7% ga ko‘pdir. Ularning 46,9% birja savdolariga, qolgan 53,1% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.
Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 111,3 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.
Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 3 421 ta avtoraqamlar sotildi.
Birja savdolari
Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 22 972 ta bitim tuzildi.
Sement
Birja savdolari orqali 70 933,0 tonna sement sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 14,2 ming tonnani tashkil qildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda sementning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 477,8 ming so‘mdan 467,0 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 47 ta xaridor ishtirok etdi.
Paxta yog‘i
O‘tgan hafta davomida birja savdolarida 1 594,0 tonna paxta yog‘i sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 10 ta xaridor ishtirok etdi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta yog‘ining kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 14 286,9 ming so‘mdan 13 765,0 ming so‘mgacha pasaydi.
Sheluxa
Birja savdolariga 16 527,0 tonna sheluxa qo‘yildi va undan 8 173,0 tonnasi, yaʼni 49,5% sotildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda sheluxa bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 2 990,8 ming so‘mdan 2 853,8 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 14 ta xaridor ishtirok etdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22117 | Инструменты