O‘tgan hafta davomida, yaʼni 2 - 8-iyun kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 39 321 ta bitim tuzilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 17,0% ga kamdir. Ularning 51,7% birja savdolariga, qolgan 48,3% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.
Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 86,8 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.
Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 2 822 ta avtoraqamlar sotildi.
Birja savdolari
Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 20 332 ta bitim tuzildi.
Bug‘doy
Birja savdolari orqali 29 334,0 tonna bug‘doy sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 54 nafar xaridor ishtirok etdi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 7 334,0 tonnani tashkil qildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda barcha markadagi bug‘doyning kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 2 634,2 ming so‘mdan 2 585,3 ming so‘mgacha pasaydi.
Shakar
O‘tgan haftada birja savdolari orqali 3 597,0 tonna shakar sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 899,0 tonnani tashkil qildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda shakar bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 12 574,5 ming so‘mdan 12 319,6 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 20 nafar xaridor ishtirok etdi.
Qora metall prokati
O‘tgan hafta mobaynida birja savdolarida 5 060,0 tonna qora metall sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 45 nafar xaridor ishtirok etdi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda qora metall prokatining o‘rtacha kunlik narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 9 583,8 ming so‘mdan 9 567,6 ming so‘mgacha pasaydi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61309 | Инструменты