24-fevral – 2-mart kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 43 599 ta bitim tuzilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 2,8% ga kamdir. Ularning 59,2% birja savdolariga, qolgan 40,8% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.
Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida budjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 106,7 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.
Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 3 235 ta avtoraqamlar sotildi.
Birja savdolari
Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 25 803 ta bitim tuzildi.
Polietilen
Birja savdolariga 3 130,0 tonna polietilen qo‘yildi va undan 3 025,0 tonnasi, yaʼni 96,6% qismi sotildi. Polietilenning o‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 605,0 tonnani tashkil qildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda polietilenning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 16 203,6 ming so‘mdan 15 982,2 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 67 ta xaridor ishtirok etdi.
Paxta yog‘i
O‘tgan hafta davomida birja savdolarida 7 377,0 tonna paxta yog‘i sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 16 ta xaridor ishtirok etdi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta yog‘ining kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 14 582,4 ming so‘mdan 11 486,5 ming so‘mgacha pasaydi.
Ammiakli selitra
Birja savdolari orqali 44 111,0 tonna ammiakli selitra sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 8 822,0 tonnani tashkil qildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda ammiakli selitraning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 2 801,7 ming so‘mdan 2 739,4 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 593 ta xaridor ishtirok etdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 32021 | Инструменты