O‘tgan hafta davomida, yaʼni 17-23-fevral kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 44 834 ta bitim tuzilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 8,4% ga kamdir. Ularning 45,9% birja savdolariga, qolgan 54,1% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.
Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 126,8 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.
Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 3 476 ta avtoraqamlar sotildi.
Birja savdolari
Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 20 560 ta bitim tuzildi.
Bug‘doy
Birja savdolari orqali 74 806,0 tonna bug‘doy sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 51 ta xaridor ishtirok etdi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 14 961,0 tonnani tashkil qildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda barcha markadagi bug‘doyning kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 2 483,1 ming so‘mdan 2 433,7 ming so‘mgacha pasayganini taʼkidlash lozim.
Shrot
O‘tgan haftada birja savdolari orqali 5 909,0 tonna shrot sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 13 ta xaridor ishtirok etdi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 1 182,0 tonnani tashkil qildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda shrotning kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 4 132,4 ming so‘mdan 3 419,6 ming so‘mgacha pasaydi.
Ammofos
O‘tgan hafta davomida birja savdolari orqali 3 651,0 tonna ammofos sotildi. Ammofosning o‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 730,0 tonnani tashkil qildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 173 ta xaridor ishtirok etdi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda ammofos bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 6 932,5 ming so‘mdan 6 909,6 ming so‘mgacha pasaydi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22501 | Инструменты