Huawei 1
So'nggi 5 kunda tovar-xom ashyo birjasida shakar narxi 27% ga arzonlashdi

2022-yil 15-iyunda Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining ertalabki savdo sessiyasida oʻtkazilgan savdo natijalariga koʻra shakarning narxi avvalgi kunga nisbatan yana 123,8 soʻmga pasayib, mahsulotning 1 tonnasi uchun 10 631,1 ming soʻmni tashkil qildi.

Ushbu savdolarda shakar boʻyicha shakllangan minimal narx mahsulotning bir tonnasi uchun 9 700 ming soʻm atrofida qayd etildi. 2022-yil 10-15-iyun savdo kunlarida shakarning barcha kategoriyasi boʻyicha shakllangan oʻrtacha kunlik narxi mahsulotning bir tonnasi uchun jami 14 554,5 ming soʻmdan 10 631,1 ming soʻmgacha, yaʼni 27% ga pasaygan.

Ma'lumot uchun, 15-iyunda birjaning kechki savdo sessiyasida sotuvchi korxonalar tomonidan 1 000 tonna qoʻshimcha shakar hajmi birja savdolariga qoʻyilishi kutilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51510 | Инструменты