“UzAuto Motors” va “UzAuto Motors Powertrain” kompaniyalarining aksiyalari birja orqali sotiladi
“Kapital bozorini qo‘llab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini joriy etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2022-yil 1-apreldan 2024-yil 31-dekabrgacha:
- O‘zbekiston rezidenti va norezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslarning aksiyalardan olgan dividendlari daromad solig‘idan ozod qilinadi;
- norezident yuridik shaxslarning aksiyalar bo‘yicha dividendlari uchun foyda solig‘ining 5 foiz stavkasi tatbiq etiladi;
- rezident va norezident jismoniy va yuridik shaxslarning xo‘jalik jamiyatlari obligatsiyalari bo‘yicha daromadlari daromad solig‘i va foyda solig‘idan ozod qilinadi.
Qarorga muqofiq, bir qator aksiyadorlik jamiyatlari birja orqali sotiladi.
Xususan, UzAuto Motors va UzAuto Motors Powertrain kompaniyalarining 100 foiz davlat ulushi birjada IPO orqali sotiladi. Shuningdek, “O‘zbekgeofizika” (davlat ulushining 96,8 foizi), “O‘ztemiryo‘lkonteyner” (davlat ulushining 90 foizi), “Dori-darmon” (davlat ulushining 36,1 foizi) AJ aksiyalarini birlamchi taklif orqali sotiladi.
SPO orqali, ya’ni aksiyalarning ikkilamchi taklifi orqali “O‘zbekiston pochtasi” (77,6 foiz), “Universal sug‘urta” (14,48 foiz) va “Alskom” (5,21 foiz) davlat aksiyalari sotiladi.

Alpha version: 0.9.1.19 build 10709 | Инструменты