Buxoro viloyatida AYOQSHdan xarid qilingan benzin avtomobilning nosoz holatga kelishiga sabab bo‘ldi. Raqobat qo‘mitasining aralashuvi bilan, isteʼmolchiga yetkazilgan 14 mln 400 ming so‘mga yaqin zarar qoplab berildi.
Qo‘mita matbuot xizmati xabariga ko‘ra, isteʼmolchi “Narzulloobod Javohiri” xususiy korxonasiga tegishli yoqilg‘i quyish shoxobchasidan olingan 10 litr AI-95 benzin sababli avtomobilida nosozlik yuzaga kelganidan shikoyat qilgan.
Shundan keyin Raqobat qo‘mitasining hududiy boshqarmasi, servis xulosasi asosida, korxonaga nisbatan ish qo‘zg‘atgan va avtomobilga yetkazilgan 14,4 mln so‘mlik zarar isteʼmolchiga qoplab berilishi taʼminlangan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10800 | Инструменты