Boshlang‘ich to‘lovsiz ipoteka kreditini olish mumkinmi?

Markaziy bank mas'ul xodimi Sunatilla Xolmurodov yangi tartibdagi ipoteka kreditini olishda fuqarolarga yaratilayotgan imkoniyat va qulayliklarni ma'lum qildi.

Uning yta'kidlashicha, amaldagi tartibga ko'ra fuqoroloar tomonidan ipoteka kreditini olishda boshlang'ich badalni shakllantirish talab etilardi. Xususan, yangi tartib doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj, daromadlari yuqori bo'lmagan fuqarolar uchun uy-joy qiymatining 5% midorida dastlabki badal miqdorini shaklllantirish yetarli hisoblanadi.

Bundan tashqari, yangi tartib doirasida subsidiya xabarnomasiga ega bo'lmagan  fuqarolarga esa 15% miqdorida dastlabki badal mablag'larini shakllantirish lozim hisoblanadi.

Qanday sabablarga ko‘ra bank ipoteka krediti ajratishni rad etishi mumkin?

Ma'lum qilinishicha, yangi tartib doirasida ipoteka kredit ajratishda fuqorolarga muvofiqlik mezonlari belgilangan. Eng avvalo odamlar ipoteka kreditini ajratish uchun murojaat etgan kunida 18 yoshga to'lgan va 60 yoshdan oshmagan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari bo'lishi lozim.

Shu bilan bir qatorda doimiy ish joyida ipoteka kreditlarini amlaga oshirish qobiliyatiga ega  bo'lishlari  lozim. Shuningdek, yakka tartibda uy-joy qurilishini amalga oshirish uchun doimiy yerga egalik huquqi bo'lishi lozim. Bundan tashqari, fuqaroning avvalgi olingan kredit miqdoridan  qarzdorligi bo'lmasligi lozim.

2023-yilda ipoteka kreditlari bo‘yicha qanday yangiliklar kutilmoqda?

Qayd etilishicha, kelgusi yillarda ham amaldagi imtiyozli kreditlar davom ettiriladi. Shu bilan birga uy-joy qurilishi 1,5 barobarga oshirilib 90 mingataga yetkaziladi. Bundan tashqari, "Mening birinchi uyim" loyihasi Toshkent viloyati misolida amalga oshirilib, eng avvalo  ijtimoiy himoyaga muhtoj va yosh oilalarni uy-joy bilan taminlanadi.

Loyiha smeta hujjatlari tasdiqlanmagan, ekspertiza xulosasi olinmagan pudrat tashkilotlarining uy-joylarini xarid qilish mumkinmi?

Ma'lum qilinishicha 11 oy davomida 401 ta pudrat tashkilotlarining 786 ta loyihalari uchun 1,8 trln so'm miqdorida kreditlar ajratildi. Shu bilan bir qatorda kreditlar qoldig'i joriy yilning 1-dekabr holatiga ko'ra, 3,1 trln so'mni tashkil qildi.

Bundan tashqari, Yangi O'zbekiston massivlarida umumiy qiymati 419 mlrd so'm miqdoridagi kreditlar tijorat banklari tomonidan pudrat tashkilotlarining uy-joy qurilishi loyihalarini moliyalashtirish uchun yo'naltirildi. Jumladan 11 oy davomida 266 mlrd so'm miqdorida kreditlar ajratilgan.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40405 | Инструменты