Huawei 1
"Jaloliddin Manguberdi tavalludining 825 yilligi"ga bag‘ishlangan Markaziy bankning oltin va kumush esdalik tangalari sotuvi yo‘lga qo‘yilmoqda

Markaziy bank tomonidan joriy yilning 29-avgustidan boshlab “Jaloliddin Manguberdi tavalludining 825 yilligi” mavzusiga bag‘ishlangan oltindan tayyorlangan 15 va 20 gramm og‘irlikdagi hamda kumushdan tayyorlangan 31,1 gramm og‘irlikdagi esdalik tangalari sotuvga chiqarilmoqda.

Mazkur esdalik tangalari ularning texnik xususiyatlarini tasdiqlovchi asillik sertifikatlari bilan sotuvi yo‘lga qo‘yilgan.

Oltin va kumush esdalik tangalarini tijorat banklarining filiallarida naqd va naqd pulsiz hisob-kitoblar asosida sotib olish mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20800 | Инструменты