Huawei 1
Mamarizo Nurmurodov: Asosiy stavkani pasaytirish trendi boshlandi deb hozircha to‘liq aytolmaymiz

Markaziy bank boshqaruvining asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha matbuot anjumani bo'lib o'tmoqda.

Unda Markaziy bank raisi asosiy stavkani pasaytirish yuzasidan ma'lumot berdi. 

“Asosiy stavkani pasaytirish trendi boshlandi deb hozircha to‘liq aytolmaymiz. Lekin jarayon nazorat ostida, vaziyat yaxshilansa asosiy stavkani yana pasaytirishni ko‘rib chiqamiz”, - deydi u.

”1 sentyabrdan boshlab davlat qimmatli qog‘ozlari daromadlilik egri chizig‘ini avtomatik tarzda hisoblash mexanizmini joriy qilmoqchimiz. Asosiy maqsad qimmatli qog‘ozlar bozoridagi daromadlilik to‘g‘risida xalqimizni xabardor qilishdir", - deya qo'shimcha qildi rais. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90808 | Инструменты