Markaziy bank maʼlumotlariga ko‘ra, pul massasi umumiy miqdori dekabr oyida 2,3 trln so‘mga kamayib, joriy yilning 1 dekabr holatiga 262,6 trln. so‘mni tashkil qilgan.
Bunda milliy valyutadagi pul massasi 398 mlrd so‘mga oshgan bo‘lsa, chet el valyutasidagi depozitlar miqdori 2,7 trln so‘mga kamaygan.
Milliy valyutadagi pul massasi tarkibida naqd pullar hajmi ham 2,6 trln so‘mga kamayib, 51,4 trln so‘mni tashkil qilgan. Shuningdek, talab qilib olinguncha depozitlardagi mablag‘lar qoldig‘i 590 mlrd so‘mga kamaygan bo‘lsa, milliy valyutadagi boshqa depozitlar hajmi 3,6 trln so‘mga oshgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12116 | Инструменты