Huawei 1
Oilaviy tadbirkorlikka kredit ajratish 2 karradan ko‘proqqa qisqargan

Oilaviy tadbirkorlikka kredit ajratish 2 karradan ko‘proqqa qisqargan. Bu haqda iqtisodchi Otabek Bakirov yozmoqda.

"Korrupsiyalashgan va iqtisodiy samarasiz imtiyozli kredit ajratish qisqarib borayotgani juda yaxshi. Lekin endi bu samarasiz moliyalashtirish usulidan butunlay voz kechish maqsadi qo‘yilishi kerak.

2024-yilning 6 oyida oilaviy tadbirkorlik uchun jami 2,3 trln so‘mga yaqin kredit ajratilgan, bu o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan 2,3 karra kamroq. Bitta qarzdorda berilayotgan kreditning o‘rtacha summasi 21,0 mln so‘mdan 17,3 mln so‘mgacha tushgan.

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar 2024 yil 1 yanvardan boshlab 3 yilgacha muddatga 6 oylik imtiyozli davr bilan yillik Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada ajratilishi belgilangan (18%, 17,5%)", - deya yozgan iqtisodchi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91405 | Инструменты