O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomiga muvofiq kripto-depozitariy faoliyatini amalga oshirish uchun “PAYNET CRYPTO” MCHJga litsenziya berildi.
Tegishli ma’lumotlar litsenziyalarning elektron reyestriga belgilangan tartibda kiritilgan hamda Agentlikning rasmiy veb-sahifasida foydalanish uchun ochiq hisoblanadi.