Bugungi kunda ishlab chiqarishni mahalliylashtirib, mahsulotlar turini kengaytirayotgan to`qimachilik korxonalarga qator imtiyoz va yengillikar berilmoqda.
Toshkent viloyatidan trikotaj hamda yarim tayyor mahsulotlarni Rossiyaga eksport qilayotgan “Samara Lyuks Tekstil” mana shunday jamiyatlardan biridir. Korxona oʻtgan 2018 – yilda umumiy qiymati 600 ming AQSH dollariga teng tekstil mahsulotlarini eksport qildi.
2018 yilda “Mikrokreditbank” ATB tomonidan jamiyatga xorijiy kredit liniyalari hisobidan mablag`lar ajratildi. Ushbu mablagʻlar evaziga korxonaga matoni toʻqish va naqsh bosish dastgohlari o`rnatilib, tikuv sexi faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Natijada korxona bir kunda 6-7 ming dona tayyor trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻldi.
-Ushbu loyiha natijasida korxonada ishchilar soni 150 nafarga yetdi , - deya taʻkidladi “Samara Lyuks Tekstil” MCHJ rahbari Fozilxoʻja Karimov. - Birgina naqsh bosish dastgohlari kuniga 18 mingta trikotaj mahsulotga turli rasmlarni bosib chiqarmoqda. Joriy yil jamiyat tomonidan Rossiyaga 3 mln AQSH dollarga teng tayyor tekstil mahsulotlari eksporti amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 40322 | Инструменты