UzVC Milliy venchur fondi o'zining to'rttinchi startapini moliyalashtirdi

UzVC Milliy venchur fondi Sturgeon Capital kompaniyasi bilan hamkorlikda o‘zining to‘rtinchi startapini 100 000 AQSh dollari miqdorida boshlang’ich bosqichda moliyalashtirdi

Startap 1 250 000 AQSh dollariga baholanib, bunda fond 8% ulushiga ega bo’ldi.

Fond portfeli yana bir noyob startap — Modme – o‘quv markazlarini onlayn avtomatlashtirish uchun Edtech SaaS platformasi bilan to‘ldirildi. O'quv markazlari egalari bo'lgan startap asoschilari o'quv markazlarida o'qitish va nazorat qilishning gibrid formati g'oyasini haqiqatga aylantirishdi. Modme mahsulotlari yordamida o‘quv markazini boshqarish ancha osonlashadi, talabalar va ularning ota-onalari esa oddiy ilovadagi shaxsiy kabineti orqali barcha kerakli ma’lumotlarni osongina olishlari mumkin bo‘ladi.

Startap o‘quv markazlariga to‘lovlar, jadvallar va o‘quv markazida davomatni hisobga olish bo‘yicha tezkor yechimlarni, birgina tugma orqali o‘qitish uchun onlayn materiallarni qo‘shish, shuningdek, o‘z mobil ilovasini yaratish imkoniyatini taklif etadi. 

Muhim jihatlaridan esa - bu platformani doimiy texnik qo'llab-quvvatlash, o'quv markazini rivojlantirishda yordam berish va mobil ilovada har bir talaba uchun barcha materiallar va kerakli ma'lumotlarga kirish huquqiga ega shaxsiy kabinetni taqdim etish hisoblanadi. Voyaga yetmagan bolalarning ota-onalari ham shaxsiy kabineti orqali farzandining rivojlanishini kuzatishi mumkin bo‘ladi.

Modme O‘zbekiston bozorida ikkinchi yil rivojlanmoqda, 2022-yilda esa mijozlar bazasini uch baravarga ko‘paytirib, tizimdan doimiy foydalunivchi 300 dan ortiq faol mijozlarni jalb etdi. Bugungi kunga qadar loyiha Oʻzbekiston boʻylab xususiy taʼlim markazlarida tahsil olayotgan 50 mingdan ortiq talabalarning maʼlumotlari asosida ishlamoqda. Bu yil muassislar yig‘ilgan mablag‘ni dasturiy ta’minotni takomillashtirish, marketing kampaniyalarini o‘tkazish va butun O‘zbekiston bo‘ylab qamrov zonasini kengaytirish, shuningdek, mahsulotni Qozog‘iston va Tojikistonga olib chiqishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq UzVC Sturgeon Capital boshqaruv kompaniyasi bilan birgalikda moliyalashtirish uchun startaplardan arizalar qabul qilish boshlanganini eʼlon qilgan va shu kungacha 3 ta startapga sarmoya kiritgan: bular TASS Vision, Sugʻurta Bozor va zypl.ai.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21403 | Инструменты