Huawei 2
14-avgust: O'tgan tunning eng qaynoq futbol yangiliklari bir sahifada

* “Manchester Siti” a'zosi Bernardu Silva jamoani tark etishiga shama qildi: “Ajoyib gʻalaba va stadionda fantastik atmosfera boʻldi. Muxlislarga ajoyib damlar, menga koʻrsatilgan mehr va qoʻllab-quvvatlash uchun minnatdorchilik bildiraman”;

* MYU Ronalduning ishga bo'lgan munosabatini o'zgartirishini xohlamoqda. Agar bu amalga oshmasa, klub futbolchi bilan kelishuvni bekor qilmoqchi;

* APL 2-turi doirasida kechgan markaziy bahsda “Tottenhem” “Chelsi”ga qarshi bahs olib bordi va 90+6-daqiqada urilgan gol evaziga o'yinni durang bilan yakunladi — 2:2;

* Bundesliga 2-turi doirasida kechgan bahsda “Bavariya” “Volfsburg” ustidan 2:0 hisobida zafar quchdi. Sadio Mane yana bir bor gol urishga muvaffaq bo‘ldi;

* Italiya A Seriyasi ilk turidan o'rin olgan “Salernitana” — “Roma” bahsida rimliklar 0:1 hisobida g'alaba qozondi. O'yin taqdirini hal qilgan yagona golga Kristante mualliflik qildi. Uchrashuvda rimliklar safida Dibala, Matich hamda Veynaldum debyut qildi, Shomurodov esa zaxirada qoldi;

* Ispaniya La Ligasi ilk turidan o'rin olgan bahsda amaldagi chempion “Real Madrid” debyutant “Almeriya”ga qarshi bahs olib bordi irodali g'alabaga erishdi — 1:2. Alaba g'alaba golini urdi;

* “Tottenhem” hujumchisi Harri Keyn “Chelsi”ga urgan goli orqali Premyer-liga tarixidagi eng yaxshi to'purarlar ro'yxatida Serxio Agueroga tenglashib oldi — 184 gol. Oldinda yana 3 afsona: Endryu Koul (187), Ueyn Runi (208) hamda Alan Shirer (260);

* “Manchester Yunayted” hujum chizig'ini Ispaniya terma jamoasi a'zosi Raul de Tomas bilan kuchaytirmoqchi;

* “London derbisi” yakunida ikki jamoa bosh murabbiylari Tomas Tuxel hamda Antonio Konte bir-biri bilan urishib ketdi. Bosh hakam ularning har ikkisiga qizil kartochka ko'rsatdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga