17-aprel: O'tgan tunning eng qaynoq futbol yangiliklari bir sahifada

* Ispaniya La Ligasi 32-turidan o'rin olgan "Atletiko" – "Espanyol" bahsi madridliklarning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Hal qiluvchi gol 90+8-daqiqada Karrasko tomonidan penaltidan urildi;

* Angliya Kubogi yarim finalida g'alaba qozongan "Chelsi" bu o'yinda "Liverpul" bilan to'qnash keladigan bo'ldi. Uchrashuv 14-may kuni bo'lib o'tadi;

* Joze Mourinyo yevrokuboklar yarim finaliga chiqish bo'yicha yangi rekord o'rnatdi — 11 marta. Uning eng yaqin ta'qibchisi Gvardiola esa bu ishni 9 bor uddalagan;

* "Atletiko" bu mavsum La Ligada 90-daqiqadan keyin urilgan gollar sababli 10 ochko jamg'ardi. Bu liga jamoalari uchun mavsumdagi eng yaxshi ko'rsatkich;

* Fransiya 1-Ligasi navbatdagi turidan o'rin olgan 4 ta gol bekor qilingan PSJ – "Marsel" bahsida parijliklar Neymar va Mbappening gollari evaziga 2:1 hisobida g'alaba qozondi;

* Ispaniya La Ligasi 32-turidan o'rin olgan "Sevilya" – "Real Madrid" bahsida "qaynoqranglilar 1-bo'limdan so'ng 2:0 hisobida ortda bora turib, yakunda "kambek" evaziga 2:3 hisobida g'alabani ilib ketdi. Bu orqali "qirollik klubi" chempionlik masalasini deyarli hal qildi;

* "Real" – bu mavsum "Sevilya"ni o'z maydonida mag'lubiyatga uchratgan La Ligadagi ilk klub;

* Uchrashuvda hal qiluvchi golni urgan Benzema bu mavsumdagi 39-o'yinida 39 ta gol va 14 ta golli uzatma amalga oshirishga muvaffaq bo'ldi;

* Andalusiyaliklar bosh murabbiyi Xulian Lopetegi "Real Madrid"ga qarshi so'nggi 6 o'yinda bir durang va 5 mag'lubiyat qayd etgan;

* Krishtianu Ronaldu o'z Instagram sahifasida: "30 yoshgacha 30 ta xet-trik, 30 yoshdan keyin 30 ta xet-trik. Balansni buzish vaqti keldi".

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 32602 | Инструменты