18-sentabr: O'tgan tunning eng qaynoq futbol yangiliklari bir sahifada

* Angliya Premyer-ligasi 8-turidan o'rin olgan "Brentford" – "Arsenal" bahsida "to'pchilar" 0:3 hisobida zafar quchib, APL peshqadamligini saqlab qoldi;

 * Italiya A Seriyasi 7-turidan o'rin olgan "Monsa" – "Yuventus" bahsida turinliklar 1:0 hisobida mag'lub bo'ldi. Muxlislar Allegrining iste'fosini talab qilmoqda;

* Angliya Premyer-ligasi 8-turi doirasida kechgan "Everton" – "Vest Hem" uchrashuvida mersisaydliklar 1:0 hisobida g'alaba qozonishdi;

* Xose Feliks Diaz: "Mbappe ham xuddi Ronaldu singari pulni tanladi. U "Real"ni emas pulni ma'qul ko'rdi, lekin yakunda unga ham xuddi Ronalduga bo'lgani singari Madrid klubi eshiklari qayta ochilmasligi mumkin";

* Italiya A Seriyasi 7-turidan o'rin olgan "Roma" – "Atalanta" bahsida rimliklar 0:1 hisobida mag'lubiyatga uchrashdi. O'yinda Eldor Shomurodov zaxiradan maydonga tushdi;

* Ispaniya La Ligasi navbatdagi turidan o'rin olgan markaziy — "Atletiko" – "Real" derbisida "qirollik klubi" 1:2 hisobida g'alabani qo'lga kiritdi;

* "Atletiko" muxlislari "Real"ga qarshi o'yin oldidan Vinisiusni haqorat qilishdi. Ular Futbolchini "Sen maymunsan", — deya haqoratlagan;

* Fransiya chempionati doirasidagi "Lion" – PSJ bahsida parijliklar Messining goli evaziga g'alabani qo'lga kiritdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121809 | Инструменты