World Tourism Barometer hisobotida eʼlon qilingan so‘nggi tahliliy maʼlumotlarga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-sentyabr oylari yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston xorijiy sayyohlarni jalb qilishning eng yuqori o‘sish surʼatlari bo‘yicha dunyoning TOP-7 mamlakatlari qatoriga kirdi va reytingda oltinchi o‘rinni egalladi.
Xususan, O‘zbekistonga tashrif buyurgan xalqaro sayyohlar oqimi 2019 yil darajasiga nisbatan 73 foizga oshgani O‘zbekistonning global sayyohlik makonidagi o‘rni izchil mustahkamlanib borayotganidan dalolat beradi.
Reyting yetakchilari Butan (203% o‘sish), Qatar (+138%) va Salvador (+88%) bo‘lib, ular ko‘rsatilgan davrda xalqaro sayyohlar oqimining eng yuqori o‘sishini ko‘rsatdi.
Maʼlumot uchun: World Tourism Barometer - BMTning Jahon sayyohlik tashkilotining muntazam tahliliy hisoboti bo‘lib, unda jahon turizmi rivojlanishining dolzarb tendensiyalari aks ettiriladi. Hujjatda xalqaro turistik daromadlar, ularning mintaqalar va mamlakatlar bo‘yicha o‘sish yoki pasayish dinamikasi, shuningdek, 2019 yildagi pandemiyadan oldingi darajasi bilan qiyosiy tahlil to‘g‘risidagi maʼlumotlar keltirilgan. Hisobot davlatlarning rasmiy statistikasi asosida shakllantiriladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121716 | Инструменты