Huawei 1
2-oktabr: O'tgan tunning eng qaynoq futbol yangiliklari bir sahifada

* Angliya Premyer-ligasi 9-turidan o'rin olgan markaziy “Manchester Siti” – “Manchester Yunayted” o'yinida “shaharliklar” 6:3 hisobida g'alaba qozonishdi. O'yinda Holand va Foden xet-trik qayd etishdi;

* Rasman: “Vulverxempton” bosh murabbiyi Bruno Laje iste'foga chiqarildi. Klub qoniqarsiz natijalar qayd etayotgan edi;

* Erling Holand APLda 3 ta xet-trikni amalga oshirish uchun eng kam o'yin sarflagan futbolchiga aylandi — 8 ta o'yin. Bungacha rekord Maykl Ouenga tegishli edi — 48 ta o'yin;

* Timo Verner “Leypsig” klubi tarixida 100 ta gol urgan ilk futbolchiga aylandi;

* Davide Kalabriya 2022-yilda boshqa maydonga tusha olmaydi. Uning qachon maydonga qaytishi hozircha noma'lum;

* Italiya A Seriyasi 8-turidan o'rin olgan “Yuventus” – “Bolonya” uchrashuvida turinliklar 3:0 hisobida g'alaba qozonib, o'zlarining 5 o'yindan beri davom etib kelayotgan g'alabasiz seriyasiga nuqta qo'yishdi;

* Ispaniya La Ligasi 7-turidan o'rin olgan “Real” – “Osasuna” bahsida 1:1 hisobi qayd etildi. Endi Yevropada rasman ochko yo'qotmagan jamoa qolmadi. La Liga turnir jadvalida esa peshqadam o'zgardi — “Barselona”;

* Italiya A Seriyasi 8-turi doirasidagi “Sassuolo” – “Salernitana” bahsida ilk bora ayol hakam o'yinni boshqardi. U Mariya Sole edi;

* “Manchester Yunayted” himoyachi Rafael Varan pay cho'zilishi oqibatida kichik jarohat oldi. Uning tiklanish muddati ochiqlanmadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111509 | Инструменты