Abbosbek Fayzullayev “Bavariya” unga qiziqish bildirayotganini tasdiqladi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Moskvaning SSKA klubi a’zosi Abbosbek Fayzullayevga Germaniyaning “Bavariya” klubi qiziqayotgani rost. Bu haqda futbolchining o‘zi “Championat” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Men “Bavariya”ning qiziqishi haqida hech narsa bilmasdim, xabarlarni internetda o‘qidim. Myunxen klubining e’tiboriga normal qarayman. Bilishimcha, “Bavariya”ning mening agentim bilan haqiqatdan ham ma’lum aloqalari bo‘lgan. Germaniya klubining qiziqishini xotirjam qabul qilaman va bu hali hech narsani anglatmaydi. Hozir bor  e’tiborimni SSKAga qaratganman, oldinda muhim o‘yinlar bor, lekin “Bavariya” yaxshi variant, albatta”, deydi Fayzullayev.

Qayd etish joiz, fevral oyi boshida Fayzullayevning o‘yinlarini “Bavariya” klubi skautlari kuzatib borayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. 

Myunxenliklar futbolchini U-23 terma jamoada o‘ynaganida ham uning xatti-harakatlarini katta qiziqish bilan kuzatgan va hozirda Fayzullayev nemis skautlari “nishonida” turibdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 73105 | Инструменты