Mudofaa vazirligi tizimida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi.
- General-mayor Farhodjon Shermatov O‘zbekiston Respublikasi harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimida faoliyat yuritgan.
- Polkovnik Kadirjon Tursunov Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining jangovar tayyorgarlik bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
- Polkovnik Qahramonjon Zoidov O‘zbekiston Respublikasi harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Quruqlikdagi qo‘shinlar instituti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
- Polkovnik Abdulla Xamrayev O‘zbekiston Respublikasi harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy aviatsiya instituti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
- Podpolkovnik Baxtiyor Rahimov O‘zbekiston Respublikasi harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
- Tibbiy xizmat polkovnigi Ulug‘bek Rasulov O‘zbekiston Respublikasi harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy tibbiyot instituti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 82701 | Инструменты