3-fevral kuni O'zbekistonning Buyuk Britaniyadagi, qarorgohi London shahrida joylashgan elchixonasiga “Manchester Siti” aʼzosi Abduqodir Husanov tashrif buyurdi.
Favqulodda va muxtor elchi Ravshan Usmonov bilan kechgan samimiy suhbatda yosh futbolchimizning APL top klubidagi faoliyati, sport sohasida bosib o‘tgan mashaqqatli yo‘li, qiziqishlari va diyorimizda millionlar o‘yiniga qaratilayotgan alohida eʼtibor xususida so‘z bordi.
"Manchester Siti" klubi himoyachisi hamyurtimiz Abduqodir Husanovga doimiy muvaffaqiyat tilaymiz", – deb yozgan diplomat ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Uchrashuv yakunida legionerimiz dastxati tushirilgan 45-raqamli futbolkasini elchixona maʼmuriyatiga esdalik sifatida hadya qildi.
Eslatib o'tamiz, 21-yanvar kuni "Manchester Siti" Abduqodir Husanov transferini e’lon qilgan edi. APL chempioni o‘zbekistonlik himoyachi bilan 2029 yilgacha shartnoma tuzdi. Kelishuvni yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bor.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42405 | Инструменты