Anchelotti qachon “Real”ni tark etishi ma’lum bo‘ldi

“Real Madrid” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti kelasi hafta klubni tark etishi mumkin. U “qirollik klubi”dan ketgach, Braziliya terma jamoasining yangi ustozi bo‘lishga juda yaqin turibdi. Bu haqda Madrid Xtra nashri xabar berdi.

Karlo Anchelotti Braziliya terma jamoasining keyingi bosh murabbiyi bo‘lishga juda yaqin turibdi. Muzokaralar may oyida davom ettiriladi va Anchelottining “Real Madrid”ni kelasi hafta tark etishi kutilmoqda, deyiladi xabarda.

Anchelotti 2013—2015-yillar oralig‘ida “Real”ni boshqargan va 2021-yilda yana Madrid klubiga qaytgandi. U boshchiligida “qirollik klubi” bir marta La Liga chempioni, ikki marta Ispaniya Kubogi va bir marta Superkubogi g‘olibi bo‘ldi. Shuningdek, Anchelotti “Real” bilan ikki martadan UEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida zafar quchgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21905 | Инструменты