Angliya liga kubogi. Yarim final. “Manchester Siti” so'ngi daqiqalarda “Bristol Siti”ni mag'lub etdi

Kecha Angliya ligasi kubogining yarim finalining dastlabki o'yini bo'lib o'tdi.
Manchester shahridagi “Etixad” stadionida bo'lib o'tgan uchrashuvda “Manchester Siti” chepionship vakili “Bristol Siti”ni mehmon qildi va qiyinchilik bilan 2:1 hisobidagi g'alabaga erishdi.
“Bristol Siti” jamoasi 44-daqiqada Bobbi Rid tomonidan kiritilgan gol evaziga hisobda oldinga chiqib olgan edi. Biroq ikkinchi bo'limda “shaharliklar” bunga ikki marotaba javob qaytarishga muvaffaq bo'lishdi. So'ngi daqiqalarda Serxio Agueroning goli “Manchester Siti”ga g'alaba taqdim etdi.  
Jamoalarning javob uchrashuvi 23 yanvar kuni “Bristol Siti” maydonida bo'lib o'tadi. Bugun shuningdek, yarim finaldagi ikkinchi juftlik – “Chelsi” va “Arsenal” o'rtasidagi o'yin ham bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.  

Angliya Ligasi Kubogi
Yarim final
Birinchi uchrashuv
Manchester Siti – Bristol Siti 2:1 (0:1, 2:0)

Gollar: 0:1 – 44, penalti Rid, 1:1 – 55 de Bryuyne, 2:1 – 90 Aguero.
Manchester Siti – Bravo, Mangalya, Stounz, Danilo, Bernardu Silva, de Bryuyne, Sterling, Ture (Aguero, 70), Sane, Gundo'g'an, Zinchenko (Uoker, 79).
Bristol Siti – Filding, Beyker, Flint, Magnusson (Uolsh, 72), Brayen, Smit, Pek, Rid, Braunxill, Peterson, Rayt.
Ogohlantirishlar: Flint (56), Smit (58), Brayen (60).

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 32717 | Инструменты