Huawei 2
Anri: “Yevropa, PSJdan ehtiyot bo'l! Ular himoyada o'ynashganida ham 5:1, 6:1, 7:1 hisoblari qayd etilyapti”

Angliyaning “Arsenal” klubi afsonasi, fransiyalik sobiq futbol yulduzi Tyerri Anri Fransiya chempionati doirasidagi “Lill” — PSJ bahsi haqida fikr bildirdi.

“Shaxsan menga Lionel Messi, Neymar va Kilian Mbappening to'p o'zlarida bo'lmagan vaziyatlarda nima qilishlarini ko'rish qiziq edi. Chunki, odatda PSJ o'yinlarda total nazorat qiladi va “Lill”ga qarshi markaziy o'yinda bunday holat kuzatilmasa kerak, deb o'ylagan edim.

Lekin, hattoki ular himoyaga qaytib o'ynagan vaziyatlarida ham o'yin 5:1, 6:1, 7:1 hisoblarida yakunlanyapti. Agar ular shu tarzda davom etaverishsa, Fransiya ehtiyot bo'l, Yevropa ehtiyot bo'l, deb qolaman. Ha, ular shu formani butun mavsum davomida saqlab qolishsa, jamoani yengish deyarli imkonsiz bo'lib qoladi”, — deydi fransuz sobiq futbolchisi.

Avvalroq, Kilian Mbappening PSJda bu mavsum davomida jamoaning asosiy penalti tepuvchisi bo'lishi haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga