Mbappe PSJning bu mavsumdagi asosiy penalti tepuvchisi bo'ladi

Fransiyaning PSJ klubi hujumchisi Kilian Mbappe Parij klubining joriy mavsum davomidagi asosiy penalti tepuvchisi boʻlib qoladi.

Mahalliy jurnalist-insayder Adriyen Grenyening xabar berishicha, klubda faoliyat yurituvchi xodimlardan biri fransiyalik futbolchi butun mavsum davomida Parij jamoasining 11 metrlik jarima zarbalarini amalga oshiruvchisi etib belgilangani haqida ma'lumot bergan.

Eslatib oʻtamiz, Fransiya chempionati 2-turi doirasidagi “Monpelye” bilan oʻyindan soʻng (5:2) Mbappe va Neymar oʻrtasida penalti tufayli mojaro yuzaga kelgani haqida xabar tarqalgan edi. Braziliyalik vinger fransuzning jamoadagi asosiy penalti tepuvchi ekanligidan norozi edi. Oʻsha bahsda Mbappe 11 metrlik zarbani golga aylantira olmagan, Neymar esa penaltidan unumli foydalangandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 81720 | Инструменты